- ERA Test
- Embriyoskop
- Hovuz Usuli
- Gisteroskopiya
- NGS – keng qamrovli xromosoma tekshiruvi
- IMSI
- KKT – Keng qamrovli xromosoma tekshiruvi
- Mikro TESE
- MitoScore / Mitoskor testi nima?
- Microchip
- Mikroxirurgiya bilan sperma aspiratsiyasi (MESA)
- sORP Test
- Bachadon dam olish usuli
- Prenatal Testlar
- PGT- yagona gen kasalliklari uchun
- PGT – xromosoma kasalliklari va kasalliklari uchun
- Genetika (Irsiyat)
- Endoskopik Jarrohlik
- Embriologiya Laboratoriyasi
- Ginekologiya
- Bepushtlik va EKU
Bepushtlik Nima?
Farzand ko’rish istagida bo’lgan lekin homiladorlikdan saqlovchi vositalarsiz jinsiy aloqa qilganiga qaramay farzand ko’ra olmagan juftliklarning ko’pi “Men bepushtmanmi?” deb o’ylaydi. Ayolning yoshi 35dan kichik bo’lsa 1 yil 35dan katta bo’lsa 6 oy homiladorlikdan saqlovchi vositalarsiz jinsiy aloqa qilgan taqdirda ham homilador bo’lmasa bu ayolga (bepushtlik) tashxisini qo’yish mumkin. Farzand ko’rish niyatida bo’lganlar uchun qilingan barcha harakatlar zoe ketgan taqdirda bepushtlikni davolash uchun vaqt o’tkazmasdan mutaxassisga murojaat qilish darkor.
Homiladorlikni rejalashtirilgan juftlikning bajarishi kerak bo’lgan ishlar ro’yxatida birinchi navbatda ayol va erkakning jismoniy sog’lomligini birgalikda ko’rib chiqilishi turadi. Reproduktiv salomatlikka ta’sir ko’rsatuvchi faktorlarni tushunish nihoyatda muhim o’rin tutadi. O’rganish va tushunib yetish orqali ham tabiiy yo’llar bilan hamda yordamchi yo’llar bilan homilador bo’lish ehtimoli ortadi.
Bepusthlikning Sabablari Nimalar?
Bepushtlik sabablarining 45% erkaklardan, 45% esa ayollardan kelib chiqadi. Qolgan 10% esa tushuntirib bo’lmaydigan bepushtlikdir.
Erkak bepushtligining bir necha xil sabablari mavjud. Genetik (irsiy) muammolar, tug’ilganligida yuz bergan anomaliyalar, gormonal sabablar, kimyoviy faktorlar, yallig’lanishga bog’liq kasalliklar, azoospermiya, varikosele va jarrohlik operatsiyalari bepushtlikning asosiy sabablari hisoblanadi.
Ayol bepushtligining sabablariga esa umumiy chegaralarda: ovulyatsiya buzilishi, polikistik tuxumdon sindromi, naychalarning bloklanishi yoki zararlangan bo’lishi, endometrioz, yosh kattaligi, bachadon bo’yniga doir muammolar va vaginismus kasalligini ko’rsatish mumkin.
Bepushtlikning Belgilari Nimalar?
Ayol kishiga bog’liq bepushtlik ko’pinchi hayz holatidagi qon kelishi buzilishi bilan namoyon bo’ladi. Agar ikki hayz muddati orasidagi vaqt 21 kundan oz yoki 35 kundan ko’p bo’lsa ovulyatsiya buzilishi haqida gapirish mumkin bo’ladi va bu holat bepushtlikka olib kelishi mumkin.
Erkak bepushtligi esa hech qanday belgilarsiz bo’lishi mumkin. Siydik chiqarilayotgan paytda achishish yoki suyuqlik oqib qolishi birlamchi tashxis sifatida ko’rilishi mumkin. Lekin aniq tashxis uchun spermogramma (urug’ tahlili) amalga oshirish kerak. Ikki kundan yetti kungacha jinsiy aloqadan parhez qilib undan so’ng amalga oshirilgan spermogramma natijasida sperma miqdori, harakatliligi va morfologiyasi haqida ma’lumot olish mumkin. Test natijasiga ko’ra bemorga kerakli muolaja programmasini boshlash mumkin bo’ladi.
Bepushtlik Muolajasi Qanday Amalga Oshiriladi?
Farzand ko’rish uchun muolaja boshlamoqchi bo’lgan juftlik sun’iy urug’lantirish markaziga murojaat qilishi kerak. Sun’iy urug’lantirish markazini tanlashda shifokorlarning tajribasi va markazning muvaffaqiyat ko’rsatkichlariga e’tiborni qaratish nihoyat darajada mühimdir. Agar muolaja uchun Bahcheji Sun’iy Urug’lantirish Markazini tanlasangiz shifokorimiz siz bilan oldin suhbatladi va undan so’ng kerakli tekshiruvlar boshlanadi. Amalga oshiriladigan bir necha testlar natijasi tekshiriladi. Markazimizda har bir juftlikning muammolari har xil nuqtai nazardan kelib chiqqan holatda ko’rib chiqiladi va bunga ko’ra “individual” muolaja programmalari qo’llaniladi.
Bahcheji Sun’iy Urug’lantirish Markazi sifatida 24 yillik professionalligimiz va 70.000dan ortiq sog’lom farzandni dunyoga kelishiga sababchi bo’lgan sun’iy urug’lantirish tajribamiz bilan Yevropa standartlaridan yuqorida muvaffaqiyat ko’rsatkichiga egamiz. Bepushtlik muolajasi bilan bog’liq savollaringizni jo’natish, narx va jarayon haqida batafsil ma’lumot olish uchun biz bilan bog’lanish formasini to’ldiring va biz sizga qo’ng’iroq qilamiz.
Bepushtlik muolajasi uchun qo’llaniladigan muolaja metodlarimiz quyidagilardan iboratdir:
- Bachadonni Dam Oldirish
- Sun’iy urug’lantirish (ıvf)
- Ilmiy Urug’lantirish (Emlash) (IUI)
- Mikro Inyeksiya (ICSI)
- Embrion Muzlatish
- Sperma Muzlatish
- Tuxum hujayrani (Oosit) Muzlatish