Yosh faktori

Image

Yosh faktori

Yoshi o’tgan sari ayollarda nasl berish qobiliyati pasayadi. Ushbu kamayish 30 yoshdan keyin boshlanadi, 40 yoshtan keyin tezlashadi. Tug’ish darajasi kamayishi sababi ayollar tug’ilganda ma’lum miqdorda tuxum hujayrasiga ega va bu raqam vaqt o’tishi bilan kamayadi.

Yoshi katta ayollarning homiladorligi bilan bog’liq yana bir muhim narsa – bu tuxum hujayrasining sifatining pasayishi hisoblanadi. Ushbu mavzu bo’yicha raqamlar quyidagicha: Bir yil ichida jonli tug’ilishga olib keladigan homiladorlikni olish darajasi 30 yoshdagi ayollarda 75%, 35 yoshda 66% va 40 yoshda 44% ni tashkil qiladi.

Boshqa sabablar:

  • Endometrioz (shokolad kistasi)
  • Tuxum Rezervasining pastligi va erta menopauza
  • Polikistik sindrom
  • Naycha Obstruktsiyasi (yopiq truba)
  • Ovulyatsiya buzilishiga olib keladigan endokrin kasalliklar

Yoshi katta ayollarda EKU muolajasi

Yoshi katta ayollarni tekshirish va davolash bosqichlarida vaqtni yo’qotmaslik juda muhimdir. Agar ayol 35 yosh va undan katta bo’lsa 6 oy, 40 yosh va undan katta bo’lsa 3 oy davomida himoyalanmagan va doimiy jinsiy aloqaga qaramay homiladorlik yuz bermagan bo’lsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Bu er-xotin umumiy salomatligiga qarab o’zgaradi va yoshi katta bemorlarda EKU muolajasi bilan homiladorlik olish mumkin.

Suniy urug’lantirish markazi ilg’or embriologiya laboratoriyasiga ega bo’lsa va muzlatish / eritish texnikasi qanchalik yaxshi qo’llanilsa, homiladorlik olish imkoniyati shunchalik katta bo’ladi. Istanbul EKU Markazining barcha filiallarida tajribali mutaxassislar, ilg’or embriologiya laboratoriyasi va muvaffaqiyatlarni oshirish usullari bilan hozirgi kunga qadar minglardan ortiq oilalariga quvonchli xabar berganimizdan xursandmiz.

EKU muolajasida nechta embrion o’tkaziladi?

EKU qoidalariga ko’ra, 35 yoshgacha bo’lgan ayollarda birinchi 2 EKU davolashda yagona embrion, keyingi EKU davolashda 2 embrion, 35 yoshdan oshgan ayollarda 2 ta embrionni o’tkazish mumkin.

EKU muolajasida muvaffaqiyatni oshirish usullari:

  • Embriyoskop (Embrionning doimiy monitoring tizimi)
  • NGS (Genetika tekshiruvi)
  • Hovuz usuli
  • Sun’iy intellekt bilan sifatli erkak urug’ini tanlash
Orqaga
Youtube Kanalimiz
Toshkent
Telegram Toshkent
Toshkent Whatsapp liniyasi
Toshkent Manzil
------------------------------------------------------
Samarqand
Telegram Samarqand
Samarqand Whatsapp liniyasi
Samarqand Manzil
------------------------------------------------------
Urganch
Telegram Urganch
Urganch Whatsapp liniyasi
Urganch Manzil